Yaponiyadagi Nishida Shoun transport firmasi prezidenti Masumi Nisida dizel yonilg'iga yangi ekologik muqobil — ramyon sho'rvasining yog'idan foydalanishni o'ylab topdi.
Masumi Nisidada ramyon sho'rvasidan foydalanish g'oyasi 2013-yilda paydo bo'lgan. Unga ramyonlar tarmog'ining operatori murojaat qilib, sho'rva qoldiqlarini yo'q qilishga qo'shimcha pul to'lashga majbur bo'layotganini aytgan. Shunda 74 yoshli Nisida oshxona sharoitida sho'rvadan yog'ni ajratib olish qurilmasini yaratgan.
Korxona cho'chqa suyaklaridan tayyorlanadigan sho'rvaning yog'ini oziq-ovqat chiqindilari moyidan olingan yonilg'iga aralashtiradi.
Ayni vaqtda Masumi Nisidaning kompaniyasi 2 mingga yaqin restorandan yog' va chiqindi moylarini sotib olib, ulardan kuniga 3 ming litrgacha yonilg'i ishlab chiqarmoqda, deb xabar bermoqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati.