4-sentyabr, juma kuni YAponiyaning markaziy qismida rixter shkalasi bo'yicha 5,0 magnitudali silkinish qayd etildi, deb yozadi “TASS”.
Mamlakat meteorologiya boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, zilzila epidtsentri YAponiya dengizi sohilida joylashgan Fukui prefekturasi.  Zilzila o'chog'i taxminan o'n kilometr chuqurlikda aniqlangan.
Mahalliy OAVning xabar berishicha, zilzila natijasida ikki yoshli bola va prefekturaning 80 yoshli fuqarosi engil jarohat olgan.

Mamlakatda joylashgan atom elektr stantsiyalarida biron bir favqulodda vaziyat haqida xabar yo'q. TSunami xavfi e'lon qilinmadi.