Nashrning maʼlum qilishicha, umumiy hisobda 21 ta olimpiya oltin medallar jamlanmasi uning uyidan topilgan. Vadaning aytishicha, u medallar kolleksiyasini Xitoy veb-saytidan 2000 iyen(19 dollar)ga sotib olgan.

Politsiya mahkamasining xabariga koʻra, 2019-yil dekabrdan 2020-yilning yanvari oraligʻida jinoyatchi 63 ta olimpiya oltin medallarini sotishi ortidan 563 ming iyen(5300 dollar) foyda koʻrgan.

Maʼlumki, Tokioda oʻtkazilishi kutilayotgan olimpiya va paralimpiya oʻyinlarining medallari 2019-yilning iyul oyida tayyorlanib, keng jamoatchilikka namoyish etilgandi.

Mutaxassislarning eʼtiroficha, soxta medallar dizayn va boshqa jihatlari bilan aynan olimpiya medallariga oʻxshaydi. Faqat ular tarkibidagi metallarning turfaligi haqiqiy olimpiya medallaridan ajralib turadi.

Soxta medallarning Yaponiyaga kirib kelishi va yashirin savdoga chiqarilish jarayonlari oʻrganilmoqda.

Toʻlqin ROʻZIYEV.