Pandemiya sharoitiga qaramay, madaniyati va taraqqiyoti yuksak boʻlgan davlatlardan biri - Yaponiyaning Toshkent shahriga qiziqishi ortib bormoqda. Yaponiyaning Nagoya shahrida Oʻzbekiston poytaxti bilan yaqindan tanishtirish va Toshkent shahriga yaponiyalik turistlarni jalb qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri ertalabki radioefir boʻldi. Ushbu efirda radiotinglovchilarga Toshkent haqida batafsil soʻzlab berishdi va sayyohlar uchun foydali boʻlgan maʼlumotlar bilan tanishtirdi. Bundan tashqari, Nagoya koʻchalarida Toshkent shahri tasvirlangan afishalar joylashtirildi. Hatto jamoat transportlari ham bu borada chetda qolmadi. Shahar boʻylab aholi tashuvchi barcha avtobuslarda Toshkent haqida maʼlumot berilgan va shahrimizning diqqatga sazovor joylari aks ettirilgan. Shu qatorda, Yaponiyada Toshkent shahrini turistik mahsulot sifatida rivojlantirish maqsadida poytaxtimiz aks ettirilgan markalar chiqarish ham yoʻlga qoʻyildi.
Oʻylaymizki, dunyo sayyohlarini Toshkentga boʻlgan qiziqishi kun sayin ortib boraveradi va pandemiya, aksincha, sayohatga boʻlgan ishtiyoqni yana-da orttiradi. Bugungi kunda esa shu kabi chora-tadbirlar kelajakda turistlar yangi sayohatlarini toʻgʻri rejalashtirishlariga va Toshkent haqida koʻproq tushunchaga ega boʻlishlariga yordam beradi.