Qutqaruvchilarning so'zlariga ko'ra, hodisa oqibatida uch kishi – Fukuoka viloyatiga qutqaruv vertolyotida olib ketilishi kerak bo'lgan 86 yoshli bemor, unga hamrohlik qilgan qarindoshi va shifokorlardan biri halok bo'ldi. Vertolyot bortida bo'lgan yana uch ekipaj a'zosi qutqaruvchilar tomonidan hushsiz holatda topildi va shifoxonaga yetkazildi.
Vertolyot qo'nishi kerak bo'lgan mahalliy aeroportdan 10 kilometr uzoqlikda bo'lganida vertolyot bilan aloqa uzilgan. Fojiaga nima sabab bo'lgani haqida xabar berilmagan, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.