"Yuksak darajada tashkil etilgan uchrashuvda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili, Agentlik mutasaddilari hamda sug‘urta tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi", deb xabar bermoqda Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi axborot xizmati.
Shuningdek, 7–11 noyabr kunlari FALIYA jamg‘armasi tomonidan Tokio shahrida sug‘urta tashkilotlarining top menedjerlari uchun mo‘ljallangan o‘quv seminarlarida yurtimizda faoliyat ko‘rsatuvchi qator sug‘urta kompaniyalari rahbarlari ishtirok etmoqda.
O‘zaro imzolangan memorandum doirasida mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy hissa qo‘shadigan bu kabi malaka oshirish kurslari doimiy ravishda yo‘lga qo‘yiladi.
Davlatlaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda, o‘zaro tajriba almashinuvda va strategik yo‘nalishlarni aniqlab do‘stona munosabatlarni davom ettirishda mazkur uchrashuvlar muhim platforma vazifasini bajaradi.