Konsert Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri ko‘magida tashkil etildi.

“SAY” - yaponiyalik vadayko barabanchilarining professional guruhi hisoblanadi. Ijodiy jamoa 2005 yilda universitet to‘garagi sifatida tashkil etilgan.  Truppa shu kunga qadar dunyoning 25 davlatida 2 mingdan ortiq konsert dasturlarini taqdim etgan.

Vadayko barabanlarining tarixi 1 ming 300 yildan ortiq. Ular Sinto va Budda ibodatxonalarida marosimlar va bayramlarda ishtirok etgan. Bugungi kunda esa ushbu sanʼat utri anʼanaviy kabuki teatrida, turli festivallarida taqdim etib kelinmoqda.

Bundan avval ham Toshkentda yapon barabanchilarining konserti tashkil etilgan. Xususan, 2016 yil avgust oyida poytaxtimizda  ushbu guruhning «Dram Tao» nomli konserti o‘tkazilgan va yaponiyalik sanʼat ustalari  ijrosidagi chiqishlar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan edi.