Xabarda taʼkidlanishicha, jinoyat mahalliy vaqt bilan soat 11:30 sodir etilgan. Guvohlarning aytishicha, ikkita oʻq ovozi eshitilgan, shundan keyin siyosatchi yiqilgan. Agentlikning yozishicha, jinoyatchi uning orqasidan otgan, oʻq koʻkrakka borib tekkan.

Qoʻshimcha qilinishicha, sobiq vazirni kasalxonaga yotqizishgan, lekin unda hayot alomatlari sezilmayapti.

Boshqa bir nashrning yozishicha, Abening boʻyin qismida qon oqayotgani koʻringan.

Politsiya voqea joyida 40 yoshli Tesuya Yamagamini qoʻlga olgan. Gumonlanuvchi qarshilik koʻrsatmagani aytilmoqda.

Politsiyaning NHK telekanaliga maʼlum qilishicha, suiqasd amalga oshirilgandan keyin, boshda Abening xushi joyida boʻlan va gaplarga eʼtibor qaratgan, soʻngra kasalxonaga olib ketish jarayonida ahvoli keskin yomonlashgan.