Kyusyu universiteti professori Takaxiro Kusakabening izohlashicha, koronavirusning yuzasida S deb nomlanuvchi protein boʻlib, u uchtadan guruhlarga ajraladi va oʻsha maʼlumu mashhur boʻlgan “nish” ni hosil qiladi: u yordamida kasallikni yuqtiradi.
“Ipak qurti yordamida biz sunʼiy chandiqli proteinni hosil qilamiz. U yangi tipdagi koronavirus oqsiliga nihoyatda oʻxshaydi, faqat ichida virus boʻlmaydi, shu bois u bezarar”, — deydiTakaxiro Kusakabe.
Ipak qurti tanasiga bakulovirus yuboriladi. U hasharotni zararlaydi, odam uchun esa mutlaqo xavfsiz. Bir necha kundan soʻng qurtning tanasida COVID-19 chandiqli S-proteiniga nihoyatda oʻxshaydigan oqsil “oʻsib chiqadi”.
«Hozir ikki turdagi vaksina ustida ish olib boryapmiz — inyeksiya shaklida va ogʻiz orqali qabul qilinadigan. Inyeksiya koʻrinishidagi vaksinani tayyorlash uchun uni tozalash va xavfsizligini tekshirish talab etiladi. Nima boʻlganda ham, u ham hozir ishlatilayotgan vaksinalar kabi xavfsiz boʻladi deb oʻylayman. Ogʻiz orqali qabul qilinadigan vaksinaga kelsak, Osiyo mamlakatlarida azaldan ipak qurtini taomda foydalanishadi. Shunday ekan, bu borada hech qanday muammo boʻlmasligi kerak», deya taʼkidlaydi professor.
Mutaxassislarning fikricha, mazkur usul koʻp miqdorda vaksina ishlab chiqarish imkonini beradi. Eng ahamiyatli jihati, u grippga qarshi preparatlardan qimmat boʻlmaydi. 2021-yil mart oyigacha jonivorlarda sinab koʻrish rejalashtirilmoqda.