Yaponiyada pochta orqali kuniga o‘rtacha 60 million xat-hujjatlar aylanadi.

Yangi yil – 1 yanvar kuni esa, bu raqam 1,3 milliard (odatiy kundan 20 baravar ko‘proq)ni tashkil etar ekan. Ya'ni, Yangi yilda o‘zaro tabriknoma almashish yaponlar uchun o‘ziga xos odatga aylangan. Biroq bu yil pandemiya sababli ko‘pchilik yaqinlarini xavfga ko‘ymaslik maqsadida tabriknoma yuborishdan tiyilmoqchi. Har bir tabriknoma ijodiy yondashilgan holda qo‘lda yozilishi sababli virus tarqatish ehtimoli yuqori bo‘lishi mumkin ekan.

Yaponiya Trend Tadqiqotida har yili Yangi yil tabriknomalarini yuborishlarini yoki ko‘pincha shunday qilishlarini aytgan 1018 respondentning taxminan 11 foizi 2021 yil uchun kartalarni yubormasliklarini aytishdi. “Men ularni jo‘natmayapman, chunki ular orqali virus tarqalishidan qo‘rqaman”, dedi so‘rovda qatnashganlardan biri.

Xo‘sh, Yangi yil tabriknomasi kabi bir varaqda viruslar aslida qancha vaqt yashashi mumkin?

Gonkong jamoasi qog‘ozda uch soat va qog‘oz pulda esa to‘rt kun yashashi mumkinligini aytgan. Jamoa viruslarning har xil turlariga 22 daraja harorat va 65 foiz namlik bo‘lgan muhitda biriktirib, ularning qancha vaqt turishi mumkinligini tekshirib ko‘rdi.

–Viruslar kamida bir necha kun davomida qog‘oz pulda qoladi, shuning uchun biz Yangi yil tabriknomalariga nisbatan ozgina ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak, – deydi Kioto prefektura tibbiyot universiteti epidemiologiya kafedrasi dotsenti Ryohei Xirose. – Ammo biz bu haqda ortiqcha tashvishlanishimizga hojat yo‘q. Yangi yil tabriknomalarini yozishdan oldin yoki ularni olganingizdan keyin qo‘lingizni yuvganingiz yaxshi bo‘lar edi. Oddiy yillardagidek, bu yil ham Yangi yil tabriknomalarini yozaman va yuboraman, deya qo‘shimcha qildi Xirose.

2020 yil 1-yanvar kuni Yaponiyada jami 1,287 milliard yangi yil tabriknomalari va boshqa pochta xabarlari etkazib berildi. Yaponiya Post Co ma'lumotlariga ko‘ra, bu raqam kuniga yuborilgan o‘rtacha pochta hajmidan 20 baravar ko‘p yoki taxminan 61 millionni tashkil etgan.