Natijada koʻplab davlatlar vakillari, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham parvozlarning bekor qilinishi yoki kechiktirilishi, tranzit yoʻnalishlarining yopilishi va boshqa tashkiliy muammolar tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston fuqarolariga Yaqin Sharq yoʻnalishida rejalashtirilgan ziyorat, tijorat, dam olish va boshqa turdagi xorijiy tashriflarni vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha kechiktirib turish tavsiya etdi.
Ayni paytda chet elda boʻlib turgan vatandoshlardan vaziyatga nisbatan bosiqlik va hushyorlikni saqlash, odamlar gavjum joylarga bormaslik, mahalliy qonun-qoidalarga qatʼiy rioya qilish hamda Oʻzbekistonning xorijiy diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan doimiy aloqada boʻlib turish soʻraldi.
Fuqarolardan safarlarni rejalashtirishda ehtiyotkorlik choralarini koʻrish va rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinayotgan axborotlarga amal qilish talab etiladi.