Birinchi maxsus reysda 240 kishi, jumladan, ayollar, bolalar, talabalar, Ukrainada vaqtincha ishlagan yoki oʻqigan yurtdoshlarimiz Vatanga olib kelinadi.
Yaqin soatlarda samolyot Katovitse shahri aeroportidan Toshkentga uchadi.
Eslatib oʻtamiz, bugun Katovitsedan vatandoshlarni olib kelish uchun Toshkentdan maxsus reys parvoz qilgan edi.