Bugun sizlar bilan birga, Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini 3 barobarga kengaytirish boʻyicha yana bir yangi majmuaga tamal toshini qoʻyamiz.
Ushbu yangi loyihaning qiymati 1,8 milliard dollarga teng boʻlib, uni moliyalashtirish uchun Rossiya Gazprombanki, Yevropaning Doychebank, Landesbank kabi banklari, Xitoyning Davlat taraqqiyot banki va boshqa banklardan mablagʻlar jalb etiladi.
Ana shu ikkita yangi zavod hisobidan Shoʻrtan majmuasida respublikamizning birinchi yirik gaz-kimyo klasteriga asos solinadi" — Shavkat Mirziyoyev.