Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.M.” MCHJ omborxona mudiri N.N, fuqaro B.ga ushbu MCHJ omborxonasiga Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan 2022-yilning aprel oyida topshirilgan 960 litr texnik etil spirtini 11,5 million so‘mga sotib yuborib, o‘zining moddiy javobgarligidagi mulkni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.