➖Istiqomat qilayotgan hududingiz tarixini bilish uchun Hududiy arxiv yoki noyob hujjatlarga boy Oʻzbekiston Milliy arxiviga murojaat qilasiz va sizning murojaatingizga asosan arxiv oʻquvxonalaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Oʻzbekiston Milliy arxivida joy nomlarini berish, hududlarning tashkil etilishiga oid meʼyoriy hujjatlar saqlanib kelinmoqda.
— Arxiv sohasida 10 yil staj boʻlsa, uning oylik maoshiga qancha ustama qoʻshiladi?
— 10 yildan 15 yilgacha muddatda uzluksiz mehnat qilayotgan xodimga 35 % miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlanishi belgilangan (lavozim okladining 35%).
— Xorijiy davlatlar arxivlarining arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi qanday?
— Xorij arxivlarida tadqiqot ishlarini olib borish va arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun xorijiy davlatning sohaga doir normativ-huquqiy hujjati bilan tanishib chiqish zarur. Shu bilan birga, “Oʻzarxiv” agentligining boshqa davlat arxiv xizmati bilan ikki tomonlama imzolangan bitimi boʻlsa, ularning arxiv hujjatlaridan foydalanishda alohida yengilliklar yaratiladi.
— Tashkilotlar ayrim hujjatlarning saqlash muddatlarini qisqartirish boʻyicha takliflar berishi mumkinmi?
— Albatta berilishi mumkin, jarayon quyidagi sxematik tarzda amalga oshiriladi:
-
-
- taklif tayyorlanadi va tashkilotning Ekspert komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, maʼqullanishi;
- taklif yuqori turuvchi organning Markaziy ekspert komissiyasiga taqdim etilishi va unda muhokama etilib, maʼqullanishi;
- taklif Markaziy ekspert komissiyasi tomonidan “Oʻzarxiv” agentligi Markaziy ekspert tekshiruv komissiyasiga asoslangan holda taqdim etilishi;
- taklif “Oʻzarxiv” agentligi METK tomonidan maʼqullangandan soʻng Agentlik direktori “kelishildi” grifi bilan taklif kiritgan organga yuboriladi va ushbu organ tomonidan tasdiqlanadi.
-