Maʼlum boʻlishicha, 23-24-aprel kunlari “Doʻstlik” bogʻida keng koʻlamli “Oʻzbekiston yashil maktablari” ijtimoiy dasturining navbatdagi bosqichi yakunlanganiga bagʻishlangan “Yashil Toshkent” ekologik bayrami oʻtkaziladi. Bayram aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oʻtadi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2021-yil noyabrda “Yashil makon” loyihasiga start berildi, uning doirasida 200 million dona koʻchat ekish rejalashtirilgan. Tegishlicha, kuzda 85 million koʻchat ekilgandi.

Tadbir dasturida bolalar konserti va bolalar uchun faoliyat hududi rejalashtirilgan. Bayram ishtirokchilari interaktiv shaklda kimyoviy tajribalar bilan tanishishlari, robotlar yigʻishlari va ijodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin.

Bu dastur STEAM-taʼlim (science, technology, engineering, arts, and math) davlat strategiyasi bilan toʻliq muvofiqlikda oʻtkazilmoqda. Shuningdek, dasturdan kimyoviy shou va “Havo sehri”, “Energiya”, “Elektr”, “Tebranish va toʻlqinlar” dasturlari boʻyicha interaktiv mashgʻulotlar joy oladi. Ekologiya, atrof-muhit ozodaligi va chiqindilarni saralash mavzusida rasmlar tanlovini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Bayram kuni bogʻda elektromobillar, quyosh panellari va boshqa ekologik texnika namunalari namoyish etiladi, bolalar va ularning ota-onalari ularni tomosha qilibgina qolmay, amaliyotda sinab ham koʻrishlari mumkin boʻladi.