Jumladan, bular:
- bahor mavsumida 125 million dona daraxt koʻchatlarini ekishni samarali tashkil etish;
- har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan koʻchatlarni tanlab, ularni yetarli miqdorda yetishtirish uchun koʻchatxonalarni koʻpaytirish;
- “daftarlar”ga kirgan, koʻchat ekish boʻyicha tajribasi bor aholiga koʻchatxonalar tashkil etish va zarur texnika, sifatli nihollar va urugʻlar xarid qilish, koʻchatlar yetishtirish uchun subsidiyalar ajratish;
- koʻchatlarni yetkazib berishda ochiq-oshkoralikni taʼminlagan holda, ularning narxi asossiz oshib ketmasligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
- kamida 10 million dona mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini aholiga bepul tarqatish;
- xalqaro va respublika ahamiyatidagi yoʻllarning chetlariga 1,5 million dona daraxtdan ixotazorlar tashkil etish.
Umuman, 1-martdan boshlab butun mamlakat boʻylab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanadi.
Yigʻilishda viloyat hokimlari mahalliy ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali “Yashil makon” loyihasi boʻyicha oʻz fikr va rejalari toʻgʻrisida halqqa maʼlumot berishlari lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
“Bu tadbirlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishi, har bir tuman va shahar, mahalla, koʻcha, davlat tashkilotlari, oliygohlar, maktablar, korxonalargacha kirib borishi zarur”, dedi davlatimiz rahbari.
Shuningdek:
- hokimliklarga - daraxtlarni parvarishlash, sugʻorish, zararkunandalardan himoya qilish boʻyicha tizim yaratish;
- Hisob palatasiga - haqiqiy ekilgan koʻchatlar va ularni parvarish qilishni tizimini nazorat qilib borish;
- Ekoqoʻmita, IIV, Milliy gvardiya va viloyat hokimlariga - mobil ekopatrullar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
- viloyat hokimlari va tegishli idoralarga - auksionda sotuvda turgan 35 mingta yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazib, ulardagi koʻp yillik va qimmatbaho daraxtlar reyestrini shakllantirish vazifalari qoʻyildi.
Ayni paytda mutasaddilar yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan axborot bermoqda.