Joriy yilning 2-noyabr` kuni davlatimiz rahbari raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo'yicha “dolzarb 40 kunlik” e'lon qilindi.
Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.
O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bu jarayonda soha vakillarining ham munosib hissasi ta'minlash maqsadida “YAshil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish tadbirini o'tkazish tashabbusi bilan chiqdi.
Hamkasblarimiz kuni kecha Toshkent shahridagi Bog'ishamol ko'chasida ko'chat ekish tadbiriga jam bo'lishdi. Soha vakillari shu kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o'z faolliklarini namoyish qildilar. “Dolzarb 40 kunlik” aktsiyasi doirasida daraxt ekish ishlari an'anaviy davom ettirilishi rejalashtirilgan.