"YAshil makon" umummilliy loyihasi: ezgu tashabbusni Toshkent viloyati ahli to'la qo'llab-quvvatlamoqda

    200 million tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

    Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko'paytirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Prezident SHavkat Mirziyoev tomonidan “YAshil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surildi.

    Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

    Toshkent viloyatida ayni kunlarda 22 ta tuman va shahar aholisi mazkur aktsiyada faol qatnashyapti.

    Ushbu loyiha doirasida viloyat Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan 2021-2022 yillarda 950 ming tup manzarali daraxt va 200 mingta turli buta ko'chatlari, 1500 milliondan ortiq har-xil turdagi mavsumiy gullarni ekish rejalashtirilgan

    .Aktsiya boshlangan kundan buyon hududlarda 6250 dan ortiq ko'chatlar ekildi.

    Bu borada Bo'stonliq, Zangiota tumanlari hamda Ohangaron shahri viloyatda etakchilik qilyapti.

    Toshkent viloyat hokimligi axbort xizmati