«Zamin» fondi o‘z oldiga bir nechta keng ko’lamli maqsadlarni qo’ygan:
O‘zbekiston shaharlari va viloyat markazlari atrofida yashil to‘siqlar yaratish – atmosfera ifloslanishi va shovqinga qarshi himoya yaratish hamda barqaror va yuqori hosildorlikni saqlab qolish uchun.
Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirishga tizimli yondashuvni joriy etish va uning darajasini shaharda farovon yashash ko‘rsatkichiga yetkazish.
Jamoat yashil hududlari va hiyobonlarni asrab qolish va qayta tiklash hamda yangilarini yaratish.
Shaharni ko‘kalamzorlashtirish normativlarini takomillashtirish, mutaxassislarni o‘qitish va tayyorlash.
Shaharni ko‘kalamzorlashtirish jarayonini raqamlashtirish. Daraxtlarni hisobga olishning zamonaviy raqamli usullarini qo‘llagan holda bosqichma-bosqich milliy daraxtlar reyestrini tuzish. Shaharning ko‘kalamzorlashtirilganlik darajasi, sifat va miqdoriy tarkibi, daraxtlar turlari va ularni ekish metodologiyasi, ko‘chat ekish uchun mavjud bo‘sh yerlarni aks ettiruvchi onlayn axborot platformasini yaratish.
Jamoat organlari, shaharni ko‘kalamzorlashtirish va jamoatchilik bo‘yicha mutaxassislar hamda davlat tuzilmalari sa’y-harakatlarini birlashtirish.
«Yashil Zamin» loyihasi hamkorlari: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, Sirdaryo viloyati hokimligi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi.