Misol uchun, Andijon, Paxtabod va Marhamat tumanlarida 30 dan ziyod pavlovniya yetishtiruvchi xoʻjaliklar tashkil etilgan va hozirda ular 5 million dona koʻchatlar ekishga tayyor.

Bunday xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash uchun hamda aholini sifatli koʻchatlar bilan taʼminlash maqsadida har bir hududda “Yashil zamin” jamgʻarmalari tashkil etiladi.

Viloyat hokimlariga oktyabr-noyabr oylarida “Yashil zamin” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kamida 5 million tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini aholiga bepul tarqatish topshirigʻi berildi.