Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:12 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:29 da qurshab olingan va soat 10:41 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 100 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.
Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.