Bu haqdagi xabar FVBga 18-mart kuni soat 20:45 da kelib tushgan va 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji, 3 ta maxsus va 2 ta yordamchi texnikalar zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi, deya maʼlum qildi FVV axborot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, yongʻin soat 21:49 da qurshab olingan va 19-mart, soat 03:30 da bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida omborxonaning taxminan 2000 kv.m maydonida moy mahsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.