YAkuniga etgan mavsumni Moldovaning “SHerif” klubi safida o'tkazgan hamyurtimiz Jasur YAxshiboev jamoasi bilan xayrlashdi.
Pol`shaning “Legiya” klubi a'zosi bo'lgan Jasur mavsumni ijara asosida “SHerif”da o'tkazganidan xabaringiz bor. U “SHerif” safida CHempionlar ligasida ishtirok etib, Madridning “Real” klubi darvozasiga gol kiritdi va jamoasining 2:1 hisobidagi sensatsion g'alabasiga hissa qo'shdi. SHuningdek, u klubi safida Moldova chempioniga aylandi.
Xo'sh, Jasur endi qaerga yo'l oladi? 24 yoshli futbolchi sal oldinroq mavsum yakunlangach, faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi ekanini, unga Portugaliya klubidan taklif borligini aytgan edi. SHunday ekan, balki uni yangi mavsumda Portugaliya klublaridan biri safida ko'rarmiz.