Suhbat davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv loyihasi bo‘yicha muzokaralar jarayoni bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi hamda investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda umumiy kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.