Yigʻilishda tadbirkorlik va servis infratuzilmasini rivojlantirish muhokama qilindi

    2026-yilda viloyat infratuzilmasini yaxshilashga 1,5 trillion soʻm, tadbirkorlik loyihalari uchun 10 trillion soʻm resurs berish rejalashtirilgan.

    Shuning 753 milliard soʻmi mahallalar sharoitini yaxshilash uchun ilk bor Sirdaryo viloyati va tuman budjetlariga ajratilmoqda.

    Endilikda bu mablagʻni har bir tuman va mahallada tadbirkorlikning rivojlanishiga mustahkam zamin boʻladigan infratuzilma loyihalariga yoʻnaltirib, ish oʻrni va aholi daromadini koʻpaytirishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

    Bu ishlarning tashkil qilinishi Sirdaryo tumanidagi Tinchlik, Elobod, Doʻstlik, Ulugʻbek, Kamolot mahallalari misolida tushuntirildi.

    Xalqaro ahamiyatdagi yoʻllarning 241 kilometri Sirdaryoning 7 ta tumanidan oʻtgani servis va logistikani rivojlantirish uchun katta imkoniyat.

    Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston va Boyovutni Bekobod bilan bogʻlaydigan 74 kilometrni rekonstruksiya qilishni boshlash topshirildi. Bu yuzlab savdo-servis obyektlari, kafe-restoran, dam olish joylarini ishga tushirishga imkon beradi.