Kuni kecha rossiyalik jurnalist, animatsiya tanqidchisi Dina Goder bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda mehmon “Nedetskaya Animatsiya” nomli maʼruza bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, forum doirasida 3D bilan ishlash boʻyicha ssenarist va rejissyor Pavel Kim (DIP studio) tomonidan seminar-trening tashkil etildi. Maʼlumki, “DIP” turli reklamalar bilan shugʻullanuvchi studiya boʻlib, ular orasida “Plachuщiy pomidor” (“Yigʻlayotgan pomidor”) animatsion loyihasi tomoshabinlar orasida mashhur.  

Maʼlumot uchun, Toshkent xalqaro animatsiya forumi 22-aprelgacha davom etadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati