Germaniyaning “BASF SE” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlar olib borilib, zavodda “QuWatt” brendi ostida AI-95 rusumidagi avtobenzin ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

“QuWatt” AI-95 rusumidagi avtobenzin afzalliklari quyidagilardan iborat:

– dvigatellarda tozalikni saqlashning mukammal taʼsiriga erishish imkonini beradi;

– klapanlardagi hosil boʻladigan qatlam miqdorini 4 mg/klapan qiymatidan oshmasligini taʼminlaydi;

– dvigatel klapanlarini qatlamlardan yuqori darajada, yaʼni 80% gacha tozalash imkonini beradi;

– avtomobil dvigateli quvvatini oshiradi hamda yoqilgʻini 3% gacha tejalishiga erishiladi;

– qish mavsumida dvigatelning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi;

– dvigatel yonilgʻisi tizimida, shuningdek, benzinni tashish va saqlash jarayonlarida korroziyaga yoʻl qoʻymaydi.

Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning birinchi oʻn kunligining oʻzidayoq, 480 tonna “QuWatt” brendi ostida AI-95 rusumidagi avtobenzin ishlab chiqarildi va respublika tovar xomashyo birjasi orqali sotuvga qoʻyila boshlandi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.