Qayd etilishicha, shu yilning 6-iyul holatiga koʻra, quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 5 mlrd kVt⋅soatga yetdi. Bu oʻtgan vaqt mobaynida kuniga oʻrtacha 26,7 mln kVt·soat elektr energiyasi quyosh va shamol elektr stansiyalaridan olindi, deganidir.
Mazkur generatsiyaning 3 mlrd 125,4 mln kVt⋅soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 1 mlrd 915,1 mln kVt⋅soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi.
Buning natijasida:
- — 1 mlrd 515 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
- — atmosferaga 2 mln 220 ming tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 7-iyul soat 08:00 ga qadar Oʻzbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalari va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 8 mlrd 736,9 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu joriy yildagi jami generatsiyaning 20,3 foizini tashkil qiladi.
Buning natijasida:
- — 2 mlrd 647 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
- — atmosferaga 3 mln 879 ming tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 7 million 280 mingta xonadonning olti oylik yoki 3 million 640 mingta xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.









