Yil boshidan buyon “zapravka”larda 110,4 mlrd soʻmga teng tabiiy gaz oʻgʻirlangani maʼlum qilindi

    Xavfsizlik 6 Dekabr 2023 1064

    Oʻzbekistonda 2023-yilning oʻtgan davrida avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari tomonidan 110,4 mlrd soʻmga teng tabiiy gazni oʻgʻirlangan.

    Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyati yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan nazorat tadbirlarida 38 ta korxonalar tomonidan 110,4 milliard soʻmga teng boʻlgan 98,8 million kub tabiiy gaz oʻgʻirlangani aniqlangan.

    Jamiyat va taʼminotchi korxona mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, ular protsessual tartibda ushlangan.

    “Avtomobillarga gaz toʻldirish kompresslash faoliyati bilan noqonuniy shugʻullanib tabiiy gazni juda koʻp miqdorda talon-toroj qilish Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishiga hamda sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo tayinlanishi mumkin”, — deb eslatib oʻtdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

    Mazkur yoʻnalishda nazorat tadbirlari davom etmoqda.