Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,3 ming nafarga yoki 63,1 % ga oshgan.
Shu bilan birga, dam olish va hordiq chiqarish maqsadida mamlakatimizga 50 052 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 1121 nafar, xizmat yuzasidan 4732 nafar, boshqa maqsadlarda 1795 nafar Xitoy fuqarolari tashrif buyurgan, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.