Shuningdek, byurokratiya qogʻozbozlikni qisqartirish maqsadida davlat organlari tomonidan aholi va tadbirkorlardan 73 turdagi hujjat va maʼlumotnomalarni talab qilish bekor qilindi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan navbatdagi “Hukumat soati”da adliya vaziri R. Davletov maʼlum qildi.
Shuningdek, davlatda mavjud boʻlgan maʼlumotni davlat organlari fuqarolardan talab qilmasdan “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi yoʻlga qoʻyilgani, bu orqali yiliga oʻrtacha 15 milliondan ortiq aholi ortiqcha qogʻozbozlikdan ozod boʻlgani taʼkidlangan.