Dubay xalqaro aeroporti “Aviation Business Awards – 2022” natijalariga koʻra, yilning eng yaxshi aeroporti deb topildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilning birinchi yarmida havo bandargohi xizmatlaridan 28 million yoʻlovchi foydalangan, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan uch baravar koʻp.
Aeroport oʻz xizmatlari sifatini oshirib, mijozlarga ajoyib tajribalar taqdim etdi. “Dubai Air Harbour” ushbu mukofotni ketma-ket sakkizinchi yil oldi.
Maʼlumot oʻrnida, “Aviation Business Awards” mukofoti 2007-yildan beri “Aviation Business Middle East” jurnali tomonidan tashkil etiladi. Mukofotlar 13 nominatsiya boʻyicha beriladi.