Tanlov O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida o'tkazildi.

Ta'kidlanganidek, joriy yilda O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan 60 ta loyihani o'z ichiga olgan “Yangi O'zbekiston. Yangi nigoh” media-dasturi qabul qilindi. Loyiha doirasida vazirlik va idoralar, korxonalar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida ularning faoliyati keng yoritildi.

Tadbirda qator nominatsiyalar bo'yicha munosib deb topilgan tanlov g'olibi va sovrindorlari e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati tanlovning “Yilning eng yaxshi matbuot xizmati” nominatsiyasi g'olibi etib topildi. 

Tantanali  marosimda “UZBEKISTAN MEDIA AWARD 2021” ijtimoiy media mahsulotlar tanlovi g'olib va sovrindorlariga diplom, statuetka va qimmatbaho sovg'alar topshirildi, deb xabar beryapti Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati.