“Yilning eng yaxshi notariusi va eng yaxshi notarial idora”si aniqlandi

    Ijtimoiy hayot 5 Dekabr 2020 3280

    Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi tomonidan Bosh Qomusimizning 28 yilligiga bagʻishlab eʼlon qilingan ikki bosqichdagi “Yilning eng yaxshi notariusi” va “Yilning eng yaxshi notarial idorasi” tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Ushbu tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi Boshqaruvining 2020-yil 13-martdagi 1-son qaroriga 54-ilova – Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining joriy va istiqbolli rejalari “Yoʻl xaritasi”ning 7-bandi ijrosi taʼminlash, notariuslarning kasbiy madaniyati va bilimini oshirish, bayram arafasida faol va bilimli notariuslarni ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazildi.

    “Yilning eng yaxshi notariusi va eng yaxshi idorasi” koʻrik-tanlovining hududiy bosqichlari joylarda joriy yilning 16-noyabridan 25-noyabrgacha oʻtkazilib, respublika bosqichi ishtirokchilari aniqlab olindi.

    Tanlovishtirokchilari 30 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan notariuslar, yakuniy bosqichning 1-shartiga koʻra tanlov hayʼatiga ularning faoliyati haqidagi 2 daqiqali videoroliklar taqdim etildi. Ikkinchi sharti Konstitutsiya hamda nootariat sohasiga oid savol-javoblar boʻlib, notariuslarning javob berishda hozirjavobligi, javoblarning qisqa va loʻnda ekanligiga eʼtibor qaratildi.

    Aytish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi kelasi yilning yanvar oyida endigina 1 yoshga toʻladi. Bugungi kunda Palataga aʼzo boʻlgan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar soni 900 nafarga yaqinlashib qoldi. Palata raisi Dilshod Ashurov tadbirda soʻzlagan kirish soʻzida Faol va qonun doirasida faoliyat yuritayotgan notariuslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, qonun va normalarga rioya etgan holda aholiga yuksak saviyada huquqiy xizmat koʻrsatayotgan notariuslarni ragʻbatlantirib borish, notariat sohasida Oʻzbekiston amaliyotini xorijga olib chiqish orqali mamlakat imiji yaxshilanishi hissa qoʻshish Palataning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlaridan, ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

    Shuni alohida taʼkidlash lozimki, notariuslar ushbu tanlovga katta tayyorgarlik, koʻtarinki ruh bilan ishtirok etmoqdalar.tanlov hayʼati aʼzolari – yuristlar malakasini oshirish markazi professori Boboqul aka Toshev, nodavlat notidjorat tashkilotlar assotsiatsiyasi bosh mutaxassisi Muhabbat Bobomurodova, Palata raisi oʻrinbosari Jamshid Rahmonov tanlovning xolis va shaffof olib borilishiga eʼtibor qaratdilar.

    Manakutilgan daqiqalar ham yetib keldi. Tanlov ishtirokchilari orasida bilimli va hozirjavob ishtirokchi deb topilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi Aruxan Ametova 1-oʻrin, Buxoro tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Maryam Aslonova – ikkinchi oʻrin, Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi Toʻlanboy Arzikulov 3-oʻrin sohibi boʻldilar. Ularga Palataning qimmatbaho sovgʻalari – kompyuter jamlamasi, televizor hamda printer tantanali topshirildi.

    Qolgan hududlar vakillari Notarial palataning “Tanlovda faol ishtirok etgani uchun” sertifikati bilan taqdirlandilar.