Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi – IFFHS 2022-yilning eng yaxshilarini eʼlon qildi.

Argentina bilan jahon chempionligini qoʻlga kiritgan hujumchi Lionel Messi eng yaxshi futbolchi deb topildi. U 275 ochko jamgʻargan. Kuchli beshlikdan Kilian Mbappe (“PSJ”, Fransiya, 35 ochko), Karim Benzema (“Real”, Fransiya, 30 ochko), Luka Modrich (“Real”, Xorvatiya, 15 ochko), Erling Holand (“Manchester Siti”, Norvegiya, 5ochko) ham joy oldi.

“Real” darvozaboni Tibo Kurtua esa eng yaxshi darvozabon sifatida eʼtirof etildi. 125 ochko toʻplagan Tibo oʻtgan yili “Real” tarkibida YECHL gʻolibi boʻlgan edi.

Darvozabolar bahsida kuchli beshlikda Kutuadan keyingi oʻrinlarni Emiliano Martines (“Aston Villa”, Argentina,110 ochko), Yassin Bunu (“Sevilya”, Marokash, 55 ochko), Dominik Livakovich (“Dinamo” Zagreb, Xorvatiya, 30 ochko), Ugo Lyoris (“Tottenhem”, Fransiya, 25 ochko) band etdi.