Yirik bozorlarda jamoat tartibini saklash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilangan:
- yirik bozorlarda jamoat tartibini saklash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash, shuningdek favqulodda holatlarning oldini olish va bartaraf etish choralarini tashkil etish tartibi;
- video kuzatuv kameralari, signalizatsiya tizimlari, yongʻin signalizatsiyasi, tez yordam chaqirish tugmachalari va ovozli xabarnoma vositalari kabi xavfsizlik vositalari bilan yirik bozorlarni jihozlash talablari;
- jamoat tartibini va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha boʻlimlar (idoraviy xizmatlar) xodimlarining (harbiy xizmatchilarning) huquq va majburiyatlari;
- obyekt maʼmuriyati, sotuvchilar va obyektga keluvchi shaxslarning jamoat tartibini saklash va yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi huquq va majburiyatlari.
Hujjatda Oʻzbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan roʻyxati ham keltirilgan.
Yirik bozor – Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimiyatlari tomonidan belgilanadigan joylarda doimiy yoki vaqtincha faoliyat yurituvchi 300 va undan koʻp doimiy savdo nuqtalari va doʻkonlari boʻlgan mol-mulk majmuasi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 01.03. 2025 yildan kuchga kiradi.