Yirik chegara bojxona postlarida meva-sabzavot mahsulotlari ortilgan yuk mashinalari uchun alohida yoʻlaklar tashkil etiladi

    Bojxona qoʻmitasi tomonidan tovar va transport vositalari harakati yuqori boʻlgan yirik chegara bojxona postlarida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ustuvor tartibda tezkorlik bilan amalga oshirish uchun maxsus belgilar bilan jihozlangan alohida yoʻlaklar tashkil etiladi.

    Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot kotibi H.Tangriyev maʼlum qildi.

    Bunda tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari (piyoz, karam, gilos, oʻrik va boshqalar) ortilgan transport vositalarini ushbu yoʻlaklarga yoʻnaltirishda ustuvorlik taʼminlanadi.

    Eksportga yoʻnaltirilayotgan tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari ortilgan transport vositalariga xalqaro standartlarga mos boʻlgan farqlash belgisini (avtotransport vositasining old oyna oʻng tomoniga) oʻrnatish tavsiya qilinadi.

    Bu chegara-bojxona postlarida ushbu transport vositalarini alohida yoʻlakka yoʻnaltirishda muhim rol oʻynaydi.