Natijada avtotransport vositasining yukxonasidagi maxsus yasalgan xufiyona qismida, tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 1 mlrd. 13 mln soʻmlik 19 turdagi jami 484 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi, deya xabar beradi Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati.
Yana bir holatda, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Vodil tumanida “Captiva” avtomashinasi kuzatuvga olinadi.
Kuzatuvga tushganini sezib qolgan haydovchi zudlik bilan mashinadagi tovarlarni yoʻl chetidagi gulzor orasiga tashlab, yashirinadi.
Mazkur tovarlar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, ushbu tovarlar umumiy qiymati 621 mln soʻmlik 9 turdagi 270 dona uyali aloqa vositalari ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi DXX vakillari bilan hamkorlikda Pop tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.B. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganida, avtomashina salonidagi sintetik qopda xorijda ishlab chiqarilgan 4 turdagi jami 138 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Namangan shahrida fuqaro X.M.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, bu yerda ham xuddi shu turdagi telefonlardan 17 donasi borligi aniqlandi.
Namangan viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 503 mln. 750 ming soʻmlik 155 dona uyali aloqa vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.