Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, respublikada 2021-yilning yanvar–iyun oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 5 807,2 ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan.
Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 123,0 foizni tashkil.
Sement ishlab chiqarish 2021-yilning:
- yanvar oyida 559,3 ming tonna (oʻsish surʼati 107,3 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 1 325,4 ming tonna (118,4 foiz);
- yanvar-mart oylarida 2 228,4 ming tonna (114,1 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 3 582,6 ming tonna (126,9 foiz);
- yanvar-may oylarida 4 679,2 ming tonna (124,2 foiz)ni tashkil etdi.
Yirik sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent viloyati 42,3 foiz, Navoiy viloyati 32,2 foiz, Jizzax viloyati 13,0 foiz hamda Fargʻona viloyati 8,5 foiz hissasiga toʻgʻri keldi.