Niderlandiyaning Utrext universitetida plitalar tektonikasi bo'yicha fan nomzodi Syuzanna Van de Lagemaat va uning hamkasblari Yerda taxminan 160 million yil avval mavjud bo'lgan qadimiy megaplitani topishdi. U 38,8 million kvadrat kilometr maydonni egallagan bo'lib, maydoni hozirgi Tinch okeanining chorak qismiga teng bo'lgan.

Bu kashfiyot Yer tektonik plitalarining eng murakkab hududi – Filippin atrofidagi hududni o'rganish chog'ida amalga oshirildi. Bu hudud deyarli butunlay okean qobig'idan iborat, deb xabar beradi korrespondent.net.