Viloyat IIB bergan maʼlumotga ko‘ra, chaqnash natijasida avtomashinaga zarar yetgan, biroq biror shaxs tan jarohati olmagan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Hurmatli haydovchilar! Siqilgan yoki suyultirilgan gaz balonlari o‘rnatilgan transport vositasini texnik sozligiga doimiy ravishda eʼtibor qaratishingizni so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda.