Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bugun kuni soat 11:00larda, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Foziltepa koʻchasida haydovchi, “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida, ushbu koʻchada joylashgan “Bogʻishamol” istirohat bogʻi roʻparasida, svetoforning qizil chirogʻida toʻxtab turgan “Damas” rusumli avtomobilga urilgan. Zarb oqibatida “Damas” oʻzidan oldinda toʻxtab turgan “Matiz”ga, zarb oqibatida “Matiz” oʻzidan oldinda toʻxtab turgan yana bir “Matiz”ga, ushbu “Matiz” esa zarb oqibatida oʻzidan oldinda toʻxtab turgan haydovchi, “Neksiya” rusumli transport vositasining orqa tomoniga toʻqnashgan.
YTH natijasida masofa saqlamagan “Matiz” rusumli avtomobilning 22 yoshli haydovchisi va “Damas” rusumli avtomobilning 29 yoshli haydovchilariga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV YHXBB matbuot xizmati.