Yoʻl qurilishi hamda taʼmirlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari N.Sh. oʻzganing ishonchiga kiradi. Unga “Toshkent-Boysun” avtoyoʻlini qurish va taʼmirlash loyihasi boʻyicha tender gʻolibi boʻlgan xorijiy kompaniyaning qiymati 500 ming AQSH dollarilik qurilish ishlarini bajarish boʻyicha buyurtmasini olib bermoqchi boʻldi.
Buning evaziga uning 10 foizini, yaʼni 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.
Taʼkidlash lozimki, u muqaddam bir necha marotaba sudlangan boʻlishiga qaramasdan, oʻz xatolaridan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.