Murojaatga koʼra, Fargʼona xalqa yoʼlida harakatlanib ketayotgan U.X boshqaruvidagi “HOWO” rusumli, davlat raqami 40 А 474 XА boʼlgan yuk avtomabili boshqaruvini yoʼqotishi natijasida Fargʼona shahar Furqat MFY Bahor koʼchasi 92/921-uyda yashovchi fuqaro Oʼ.Y.ning yashash uyiga borib urilgan.
Sodir etilgan yoʼl transport hodisasi oqibatida Oʼ.Y.ning yashash uyiga zarar yetgan. Xodisa oqibatida tan jarohati olgan va jabrlanganlar yoʼq.
"Hurmatli haydovchilar, yoʼl xarakati xavfsizligi qoidalariga rioya qiling, avtomobilingizni texnik holatini toʼliq koʼzdan kechiring, harakatlanganda hushyorlikni oshiring", deya ogohlantiradi FVB Matbuot xizmati.