Xabarnomani tuzish uchun bir vaqtning oʻzida quyidagilar asos boʻladi:

jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;

ishtirokchilardan biri oʻz aybiga iqror boʻlganida;

hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;

hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida boʻlganida;

ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan boʻlsa;

haydovchilik guvohnomasi, roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, ishonchnoma, yoʻl varaqasi mavjudligi;

haydovchilar mast boʻlmasa;

transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.

Xabarnoma hodisa sodir boʻlgan joyda darhol ikki nusxada tuziladi.

Xabarnoma quyidagi hujjatlar bilan 3 ish kunida yuboriladi:

hodisa joyining, transportlarning fotosurati;

haydovchilarning sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish toʻgʻrisidagi arizalari;

haydovchilarning mastligini aniqlash toʻgʻrisidagi bayonnoma;

haydovchilarning hujjatlari, roʻyxatdan oʻtkazilganlik haqidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalari, sugʻurta polisining koʻchirma nusxalari.