Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati maʼlum qilishicha, “Spark” avtomashinasi haydovchisi N.N. yoʻlning qarama-qarshi qismiga oʻtib ketishi natijasida “Nexia” avtomashinasi bilan toʻqnashib ketgan.

Natijada “Spark” avtomobili haydovchisi hamda “Nexia” avtomashinasida boʻlgan uch kunlik chaqaloq halok boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.