Kompaniya buni robot vositasida amalga oshiradi. U yoʻlni kesib oʻtishda odamlarga hamroh boʻladi.

Qurilmaning balandligi ikki metrdan oshadi. Bu piyodalar oʻtish joyining oʻrtasiga yoʻl oladigan mobil svetoforga oʻxshaydi. Robot bu joyga yetib borishi bilanoq yashil chiroq yonadi. Bu piyodalarga yoʻlni xavfsiz kesib oʻtish imkonini beradi.

“Elektron yordamchi doimiy ravishda atrofni kuzatib boradi, shuning uchun u oʻtish joyiga avtomobil yaqinlashayotganini aniqlay oladi. Ikki metr balandlikda joylashgan hisoblagichlar bilan u toʻxtab turgan mashinalar hududida boʻsh joyni koʻra oladi. Soʻngra xavfsiz holat taʼminlanganini bilgach yoʻlga chiqib oladi. Robot piyodalar uchun maʼlumotni ham taqdim etib, yaqinlashib kelayotgan transport vositalari haqida ham ogohlantiradi – u haydovchilarga toʻxtash belgisini koʻrsatadi. Shuningdek, u maʼlumotni avtomobilning oʻziga uning koʻngilochar displeyiga animatsiya sifatida yuboradi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Qizigʻi shundaki, piyodalar yoʻlni kesib oʻtishi bilan robot piyodalar yoʻlagiga qaytadi. Va chekkaroqqa yetganida, avtomobil asboblar panelidagi ogohlantirish yoʻqoladi, deb xabar beradi korrespondent.net.