Haydovchi tirbandlikda qancha stressni boshdan kechirishini tushunish mumkin. Biroq, tirbandlikda qolgan yo'lovchilarda ham qon bosimi sezilarli darajada oshishi xavfi borligi ma'lum bo'ldi.
Olimlarning fikriga ko'ra, qon bosimi o'zgarishining asosiy omili atmosferada zararli moddalar konsentratsiyasining oshishi hisoblanadi. Tirbandlikdagi odam zararli havodan nafas olishga majbur bo'ladi. U 100 nanometrdan kichikroq o'lchamdagi juda ko'p zarrachalarni o'z ichiga oladi, ular odam salomatligiga zararli ta'sir ko'rsatadi.
Tadqiqotchilar tajriba o'tkazishdi, unda 22 – 46 yoshdagi 16 kishi uch kun davomida Sietlning eng gavjum ko'chalari bo'ylab harakatlanishdi. Ularning qon bosimi uch marta – safar oldidan, safar davomida va undan keyin o'lchandi. Ko'z qorachig'i ham tekshirildi. Dastlabki ikki kun davomida ular avtomobilni odatdagidek haydashdi, uchinchi kuni mashinada HEPA-filtri o'rnatildi va odamlarning sog'lig'i ko'rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilandi, deb xabar beradi techcult.ru.