Bu haqda IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Shu yilning 11-iyul kuni tarmoqlarda "Samarqand viloyati Jomboy tumanida bir ayol 2 farzandini tashlab yubormoqchi boʻldi" mazmundagi xabarlar tarqalgan edi.

Amalga oshirilgan tezkor surishtiruv natijasida xabarlar yolgʻon ekanligi tasdiqlandi.

Ushbu yolgʻon axborotni tarqatgan ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat ishlari boʻyicha Jomboy tumani sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 202-prim 2-moddasi (Yolgʻon axborot tarqatish) bilan jarima jazosi tayinlandi.